O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi «Sofosbuvir» dori vositasining substansiyasi yaratildi. Bu haqda mamlakat Fanlar akademiyasi xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, gepatit C virusi bilan zararlangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan «Sofosbuvir» (gepatit C virusini davolovchi generik preparat) dori vositasi shu vaqtga qadar chetdan import qilinmoqda.
Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika instituti hamda Shanxay tibbiy materiallar instituti olimlari hamkorligida «Sofosbuvir» dori vositasini ishlab chiqarish usullari yaratildi. Tajriba sharoitlarda ishlab chiqarish amalga oshirilib olingan mahsulot klinikoldi sinovlari natijalari bo‘yicha original dori vositasi – «Sofosbuvir»ga mos kelishi ko‘rsatgan.
Bildirilishicha, yaratilgan usul asosida texnologik jarayonlar sxemasi ishlab chiqilib, eksperimental texnologik liniyasi yaratildi va ilk bor O‘zbekiston hududida «Sofosbuvir» dori vositasining substansiyasi ishlab chiqarildi.
Tegishli barcha hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtikani rivojlantirish agentligiga topshirilib ijobiy xulosa olindi va bugungi kunda klinik sinovlarni amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarliklar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”