09:19 / 28.11.2019
10 251

Ko‘z nurini ravshanlashtiruvchi mahsulotlar haqida

Ko‘z nurini ravshanlashtiruvchi mahsulotlar haqida
Inson hamisha o‘zining salomatligi haqida qayg‘urishi kerak. Ayniqsa ko‘zini juda ehtiyot qilishi shart va zarur! Chunki bu yorug‘ olamdagi jamiki pok narsalarga mana shu ikki injudek yorqin ko‘zlarimiz bilan boqamiz. Ushbu maqolamizda ko‘z uchun foydali bo‘lgan bir qancha maslahatlar berib o‘tamiz.

Masalan, sabzavot sharbatini har kuni iste’mol qilish ko‘zdagi mayda qon tomirlarini yaxshilab, ko‘z nurini tiniqlashtiradi. Shuningdek, tanaga quvvat bag‘ishlaydi. Sabzavotlar tarkibida kletchatka, mineral, antioksidantlar va bir qancha kasalliklarni oldini oluvchi darmondorilar mavjud.

Iste’mol mahsulotlari tarkibida A va D darmondorisi bo‘lishi shart. Jumladan, lavlagi, pomidor sharbati, xurmo, sut mahsulotlari, qizil sabzi, selder va petrushkadan imkon qadar ko‘proq tanovvul qilish nihoyatda foydalidir. Yalpiz sharbati ham bundan mustasno emas, albatta!

A darmondorisi ko‘rish qobiliyatini me’yorda ushlab turuvchi omildir. Agarda u yetarli miqdorda bo‘lmasa, tanada salbiy o‘zgarishlar, ko‘z kasalliklari yuzaga keladi. Sabzi, pomidor, kartoshka, pista, petrushka, sabzavot barglari va shu bilan birga dengiz mahsulotlari ushbu darmondoriga boydir. Ko‘zlarga hayot bag‘ishlovchi yana bir darmondori bu - kaliy. Ushbu darmondorini o‘rik, olma sirkasi va asalda yetarlicha uchratishingiz mumkin.

Ko‘zga mashqlar qilish ham ko‘zdagi charchoqni oladi. Qon tarkibida yetarli miqdorda darmondorilar bo‘lmasa ham ko‘z kasalliklari yuzaga keladi. Shu sababli, azizlar, salomatligingiz uchun vaqtingizni hech qachon ayamang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘z nurini ravshanlashtiruvchi mahsulotlar haqida