07:57 / 01.12.2019
4 656

Germaniyalik bemor iti tufayli kamdan-kam uchraydigan yuqumli kasallikdan vafot etdi

Germaniyalik bemor iti tufayli kamdan-kam uchraydigan yuqumli kasallikdan vafot etdi
Shifokorlar uy hayvonlari egalariga, agar ularda grippga o‘xshash noxush alomatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirmoqda.

Germaniyada bir kishi iti tufayli kamdan-kam uchraydigan kasallikdan vafot etdi. 63 yoshli sog‘lom ayol iti tufayli kasallikka chalindi va ko‘plab a’zolarining ishdan chiqishi natijasida halok bo‘lgan.
Bu infeksiya itlarning so‘laklari orqali yuqqan. Shifokorlar bemordagi kasallik belgilarini tekshirmoqchi bo‘lishganda bemorning ahvoli yomonlashgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha bir necha hafta ilgari u iti bilan o‘ynaganda uni yalagan, ammo uni tishlamagan ham jarohatlamagan ham.
Bu bemorda buyrak yetishmovchiligi va jigar yallig‘lanishi tufayli uning ahvoli yana ham og‘irlashgan.
To‘rtinchi kuni shifokorlar qon analizidan kelib chiqqan holda saraton tashxisini qo‘yishdi va unga antibiotiklar tizimini kuchaytirdilar.

Ammo uning miyasi shishib keta boshladi va qorin qismidan ichki qon ketishi ba’zi a’zolar, shu jumladan taloqning funksiyasi buzilgani aniqlandi. So‘ng, bemorning oila a’zolariga xabar berib, shifokorlar davolashni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Germaniyalik bemor iti tufayli kamdan-kam uchraydigan yuqumli kasallikdan vafot etdi