
O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi ro‘yxatdan 192 ta monopreparat (avvalgisi - 188 ta), shuningdek, 1032 ta kompleks preparat pozitsiyasi (avvalgisi - 1085 ta) joy oldi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta’sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.
Dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qat’iy nazar, ro‘yxatga amal qilinishi kerak.
To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar