09:20 / 08.01.2020
5 370

Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi

Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi
Makmasters universitetining Endryu Mente boshchiligidagi olimlar guruhi kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning organizmga foydali emasligi, aksincha uning yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini isbotlashdi. Tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etilgan.

Xalqaro tadqiqotda dunyoning 49ta davlatidan 130 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar tuzni kam iste’mol qilish va yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qilib ko‘rishdi. Tadqiqotda yuqori va normal qon bosimiga ega kishilar alohida o‘rganilib, natijalar taqqoslandi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi tuz miqdori muayyan ko‘rsatkichdan pastga tushsa, bu jiddiy xavf uyg‘otadi. Shu bilan birga natriyning yuqori qon bosimiga ega kishilar uchun zararli ekanligi ta’kidlandi. Tadqiqotchilarning baholashicha, dunyo aholisining atigi o‘n foizigina tuz iste’molini kamaytirishi kerak, qolganlarga esa bunday parhezdan foyda yo‘q.

Bugungi kunda parhezshunoslar sog‘liqni saqlash maqsadida kundalik ratsiondan tuzni kamaytirishni maslahat berishadi, biroq bu, aksincha, yurak va qon tomirlaridagi muammolarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, tuzni doimiy ravishda ko‘p iste’mol qilish (kuniga besh grammdan ko‘p bo‘lsa) qon bosimining oshishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi