11:13 / 19.01.2022
1 276

Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?

Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?
Foto: Getty Images
Qish — butun organizm uchun qiyin davr. Yorug‘lik kam, sovuq havo, avj olgan kasalliklar. Fasllar o‘zgarishi ham tishlarga katta ta’sir qiladi. Bunday paytda nima qilish kerakligi borasida tajribali tish shifokori Aleksandr Axtanin o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

Tishlar salomatligini saqlash uchun ratsionda bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy vitaminlar va mikroelementlar
Qishda oqsillarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish muhim, chunki oqsil nafaqat tish va milklarning, balki butun tananining qurilish materialidir. Kalsiy emalning yangilanishiga yordam beradi, sink va antioksidantlar og‘iz bo‘shlig‘ida immunitetni mustahkamlashga, shilliq qavatni tiklashga yordam beradi va bu jarayon ham fosforni talab qiladi.

A guruhi vitaminlari shilliq qavatning holati va immunitet uchun javobgardir, ammo ularni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak, dozani oshirib yuborish ham milk bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. C vitamini yetishmasa, tishlar qonab ketishi va ildizidan bo‘shab qolishi, shuningdek, singa kabi kasallik paydo bo‘lishi mumkin. D vitamini emalning yangilanishiga yordam beradi. B vitamini epiteliyani tiklash uchun zarurdir. Tish salomatligi uchun omega-3 yog‘ kislotalari va probiyotiklarni iste’mol qilish ham muhim, ular tishlarni tozalash va himoya qilishda zarur bo‘lgan so‘lak ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.

Ratsionga qanday mahsulotlar kiritilishi kerak?
Turli xil va to‘yimli ovqat iste’mol qilish lozim. Diyeta qilish uchun vaqt bo‘lmasa, vitaminlardan ham foydalanish mumkin. Ratsionga ko‘proq sut mahsulotlari qo‘shilishi kerak: shakarsiz yogurtlar, agar shakarsiz yeyolmasangiz, asaldan foydalanish mumkin, lekin asal allergiyaga olib kelishi mumkinligini unutmang. Shu jumladan, yog‘siz sutdan tayyorlangan pishloq yeyish lozim. Bu mahsulotlar kalsiy, oqsil va probiyotiklarga boy.

Ko‘katlar ham foydali: karam, ismaloq - ular past kaloriyali, vitaminlar va minerallarga boy, shu bilan birga tishlar uchun tabiiy himoya hsoblanuvchi so‘lak ajralishiga yordam beradi. Ko‘katlarda juda ko‘p kalsiy, foliy kislota, B vitaminlari mavjud.

Shuningdek, shirinliklar o‘rniga olma iste’mol qilish kerak: birinchidan, ular juda ko‘p foydali moddalarni, A, C vitaminlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchidan, olma yeyish natijasida tishlar mexanik tozalanadi. Shakarsiz yashil va qora choy tishlarda blyashka hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Yong‘oqlar ham foydali, ularda kalsiy va oqsil ko‘p, uglevodlar esa kam.

Uglevodlar miqdorini kamaytirish lozim. Masalan, shokoladlar - bu bakteriyalar uchun oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Olma, pishloq, yong‘oqlardan gazak sifatida, shakarsiz suvdan ichimliklar sifatida foydalangan ma’qul, gazlangan ichimliklar emal qatlamini buzadigan kislotani o‘z ichiga oladi. Ko‘p miqdorda suv ichish muhim, bu milklar uchun foydali va hatto og‘izdan keladigan yoqimsiz hidni ham yo‘qotadi.

Ovqatdan so‘ng shakarsiz saqich chaynash mumkin, u so‘lak ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va og‘izdagi hidni yo‘qotadi.

Vitamin yetishmasligi belgilari
Foliy kislota va temir tanqisligi oqibatida milk kasallanadi va bu shilliq qavat funksiyasiga ta’sir qiladi. Oziqa moddalarning yetishmasligi milk qizarishi va yallig‘lanishi, shuningdek, ulardan qon ketishi bilan xarakterlanadi, bu A vitamini yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Organizmda fosfor yetishmasligi esa kariyes rivojlanishiga va tishlar to‘kilishiga olib keladi.

Qishki sovuq va o‘zgaruvchan ob-havo tishlarga qanday ta’sir qiladi?
Qishda yangi sabzavot, ko‘kat va mevalarni kam iste’mol qilganimiz sababli organizmda vitaminlar yetishmaydi. Ba’zi vitaminlarning, xususan, D vitaminining yetarli darajada bo‘lmasligi yil davomida yashash joyimizga ham bog‘liq. Shuningdek, turli xil parhezlar, qattiq tartibdagi cheklovlar og‘iz bo‘shlig‘i holatiga, shilliq qavat va tishlar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Ob-havo o‘zgarganda esa bemorlar og‘riq kuchayganini sezadilar. Shuningdek, sovuq havodan nafas olish natijasida burun-halqum a’zolari kasalliklari kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?