22:53 / 19.01.2022
1 302

Uxlashdan oldin qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish mumkin?

Uxlashdan oldin qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish mumkin?
Odatda, ko‘pchilik parhezshunoslar uyqudan oldin hech narsa iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi, biroq uyqudan oldingi ochlik hissi ham zararli”, - deydi parhezshunos Mixail Ginsburg.

Ba’zi mahsulotlarni bemalol uxlashdan oldin tanovul qilish mumkin, chunki ular hazmi og‘ir taom hisoblanmaydi, salomatlik uchun ham zararli emas. Bu haqda vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg Sputnik radiosiga ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’qidlashicha, uyqudan oldin to‘yib ovqatlanish zararli, chunki oshqozon uyqugacha hazm qilishga ulgurmasligi mumkin. Bu esa hazm qilishda muammolarga, ortiqcha vazn to‘plashga olib keladi. Ammo, och qoringa yotish ham zararli - bunday holatda uxlash qiyin bo‘ladi.

Asosiysi, yarim tunda ochlik sabab uyg‘onib ketish mumkin. Va soat oltidan so‘ng ovqatlanishga harakat qilmaslik ertalab juda och holda uyg‘onishga va me’yoridan ko‘p ovqatlanishga olib keladi”, - deydi vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginsburg.

Natijada, kechgi ovqatlanishdan voz kechish ovqatlanish muammolarini hal qilmaydi - kechqurun ovqatlanilmasa, ertalab to‘yib ovqatlaniladi.
Hech qanday farq yo‘q. Ertalab to‘yib ovqatlanganda, odamda faol kayfiyat yo‘qoladi va dangasa bo‘lib qoladi”, - deydi vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginsburg.

Shu sababli, agar uyqudan oldin ochlikni his qilsangiz, yengil mahsulotlarni tanavul qilishingiz mumkin. Masalan, myusli, shakarsiz don yormasi kabi hazmi yengil taomlar. Ularni sutli mahsulotlar, masalan qatiq bilan iste’mol qilgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uxlashdan oldin qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish mumkin?