Foto: Getty Images
Diyeta va jismoniy faollik qandli diabetda salomatlik va farovonlikni yaxshilash uchun eng samarali retseptdir. Qandli diabet bilan kasallangan bo‘lsangiz, qanday mahsulotlarni iloji boricha tez-tez iste’mol qilish kerakligini bilib oling.
Qora shokolad
2017 yilda chop etilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kakaoni muntazam iste’mol qilish 2-toifa diabetning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu mahsulot ko‘pincha diabet bilan birga keladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ham kamaytiradi. Albatta, tarkibida kakao ko‘p bo‘lgan, shakarsiz shokoladni tanlash muhim.
Brokkoli
Brokkoli tarkibidagi sulforafan birikmasi kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi, shuningdek, qon tomirlarini diabet bilan kasallangan odamlarda tez-tez rivojlanadigan shikastlanishdan himoya qiladi. Ushbu moddaning yana bir foydali xususiyati tananing tabiiy detoksifikatsiya mexanizmlarini jalb qilish qobiliyatidir, bu fermentlarni saratonga olib keladigan kimyoviy moddalarni tanadan osongina chiqarib yuborishi mumkin bo‘lgan zararsiz moddaga aylantiradi. Shuning uchun sizda qandli diabet bo‘lmasa ham, brokkolini tez-tez iste’mol qiling.
Chernika
Chernika barcha turdagi kletchatkalarga boy: erimaydigan kletchatkalar yog‘ning so‘rilishini kamaytirishga yordam beradi, eriydigan kletchatkalar esa qondagi qand miqdorini ushlab turadi. Bundan tashqari, 2016 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu rezavorda topilgan antioksidantlar hujayralardagi insulin qarshiligini kamaytirishi mumkin, ayniqsa, metabolik sindrom tashxisi qo‘yilganlar uchun juda foydali.
Suli yormasi
Muntazam ravishda suli yormasini iste’mol qilish (lekin butun dondan tayyorlanganini) 2-toifa diabet xavfini kamaytirishga yordam beradi. Suli magniyga boy bo‘lib, u organizmga glyukozani to‘g‘ri qayta ishlashga va insulin ishlab chiqarishga ko‘maklashadi.
Baliq
Baliq eng foydali va sog‘lom oziq-ovqatlaridan biridir, shu jumladan, diabet bilan kasallangan odamlar uchun ham. Gap shundaki, uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari organizmdagi yallig‘lanishni, shuningdek, diabet bilan tez-tez yuzaga keladigan asoratlar xavfini kamaytiradi. Shuning uchun haftada kamida ikki marta baliq yeyishni unutmang.
Zaytun moyi
2019 yilda Diabetes Care jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘rta Yer dengizi diyetasiga ko‘ra ovqatlanadiganlarning prediabet yoki 2-toifa diabetga chalingan ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan odamlarga qaraganda vazni kamroq bo‘ladi. Dietaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri zaytun moyi bo‘lib, u hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi va yurak kasalliklarining oldini oladigan monoto‘yinmagan yog‘lar va antioksidantlarga boy.
Dukkaklilar
Dukkaklilar oqsil va kletchatkaga boy bo‘lib, ular qondagi shakar miqdori keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan insulinning xavfli ko‘tarilishidan himoya qiladi. Agar dukkakli mahsulotlarni pishirishga vaqtingiz bo‘lmasa, konservalanganidan foydalanish mumkin, lekin konserva tayyorlashda tuz va shakar ko‘p ishlatilgani uchun ovqatdan oldin chayishni unutmang.
Ismaloq
Ismaloq tarkibida K vitamini, shuningdek, magniy, folat, fosfor, kaliy va sink kabi minerallar ko‘p. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradigan o‘simlik kimyoviy moddalari lutein va zeaksantin manbaidir.
Yong‘oq
Yong‘oqda alfa-linolenik kislota deb ataladigan juda foydali to‘yinmagan yog‘li kislota mavjud bo‘lib, bu yallig‘lanishni kamaytiradi. Bundan tashqari, yong‘oq L-arginin, omega-3, kletchatka, E vitamini va boshqa fitokimyoviy moddalar antioksidant, saratonga qarshi, virusga qarshi va xolesterinni kamaytiradigan xususiyatlarga ega. Yong‘oq 2-toifa diabet xavfini kamaytirish yoki sog‘lig‘ini asrashni xohlaydiganlar uchun eng foydali va xavfsiz gazaklardan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»