Bahor kelishi bilan ko‘pchilikda umumiy holsizlik kuzatiladi, uyquchanlik va yomon kayfiyatdan aziyat chekamiz. Quyidagi mahsulotlar immun tizimini tiklashga yordam beradi.
C vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
Bahor yaqinlashgani sari deyarli ko‘pchilikda askorbin kislotasi yetishmasligi kuzatiladi. Ushbu vitaminning asosiy vazifasi — immunitetni oshirish. C vitamini chakanda, olma, qora smorodina, na’matak, qulupnay, kivi, ko‘katlar, karam, shovul, dukkakli va sitrus mevalarida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Sitrus mevalari C vitaminining koni deb o‘ylaydiganlar adashadi. Bu borada kivi yetakchi hisoblanadi.
D vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
Bu vitamin «quyosh vitamini» deb ham ataladi, chunki u teriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushgan quyosh nuri ta’sirida organizmda o‘z-o‘zidan ishlab chiqariladi. D vitaminining ahamiyati shundaki, uning yordami bilan organizmga kalsiy yaxshi so‘riladi. D vitamini baliq yog‘i, tuxum sarig‘i, ikra, jigar, sariyog‘, sut va yong‘oqda mavjud. Profilaktika uchun har kuni ushbu mahsulotlardan 5-7 dona iste’mol qilish kifoya.
B1 vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
B1 vitamini yoki tiaminning asosiy vazifasi — asab tizimi faoliyatini nazorat qilishdir. Ichak mikroflorasi tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqariladi, ammo yetarlicha emas. Shu sababli yaxshi kayfiyatni saqlab qolish uchun grechka, guruch, bug‘doy bo‘tqasi yoki uni, xamirturush, jo‘xori, loviya, mol go‘shtini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
B2 vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
Bu bo‘y o‘sishiga javobgar vitamin bo‘lib, ayniqsa, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar rivojlanishida juda muhim. B2 vitamini qondagi gemoglobin miqdori uchun ham mas’ul bo‘lib, yaralarning tez bitishiga yordam beradi. Ko‘p miqdordagi riboflavin (vitamin B2) baliq mahsulotlari, go‘sht, tuxum, sut, don va xamirturushlarda mavjud. B2 vitaminining kunlik dozasini ikkita tuxumdan ham olsa bo‘ladi.
E vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
Tokoferol ko‘pincha «yoshlik vitamini» deb ataladi. Uning vazifasi jinsiy bezlar va mushak to‘qimalarini nazorat qilishdir. Profilaktika va davolash uchun kunlik ratsionga na’matak, zaytun moyi va tuxum sarig‘ini kiritish kerak. Shuningdek, E vitamini shovul va salat barglarida ko‘p miqdorda bo‘ladi.
A vitamini manbalari
Foto: Stock Adobe
Bu vitamin ko‘rish qobiliyati uchun javobgardir. Uning yetishmasligi diqqat to‘play olmaslik va ko‘z charchashiga olib keladi. Maktab va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa muhimdir, chunki u skelet shakllanishi uchun ham javobgar. Vitamin yetishmasligini bartaraf qilish uchun qovoq, lavlagi, sabzi, o‘rik, pomidor, qichitqio‘t, makkajo‘xori, bulg‘ori va qizil qalampirni ko‘proq iste’mol qilish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi