Foto: Marie Claire
Birinchi navbatda ko‘rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladigan xavfli odatlardan xalos bo‘lishga harakat qilinmas ekan, oftalmolog tomonidan tayinlangan dori-darmonlarning yordam berishi dargumon. Quyida ana shu 4 zararli odatni e’tiboringizga havola etamiz.
Ma’lumki, ko‘zlar odamga juda ko‘p ma’lumot olish va atrofdagi dunyoning barcha go‘zalligidan bahramand bo‘lish imkonini beradigan organdir. Bir qarashda, bu haqiqat dunyo kabi eskidek tuyilishi mumkin, lekin aslida har doim ham zararsiz bo‘lib ko‘ringan odatlar ko‘rish qobiliyatiga katta zarar yetkazishi haqida hech kim o‘ylamaydi. Marhamat, Spectr oftalmologiya klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Tatyana Fadeykindan ularning eng keng tarqalgani va zararli bo‘lganlarini bilib oling.
Uzoq vaqt ekranga tikilish
Albatta, bu kompyuter yoki gadjetning ekraniga tegishli. Shuningdek, hozirgi vaqtda bu eng dolzarb va keng tarqalgan muammolardan biridir. Telefonga tikilib o‘tirish yoki ko‘zlarni dam oldirmasdan uzoq vaqt davomida kompyuterda ishlash odati har doim ko‘rish qobiliyatining sezilarli darajada yomonlashishiga olib keladi. Ekranga bor e’tibor qaratilganligi sababli ko‘z doimiy zo‘riqishda bo‘lib, uning namlik darajasi buziladi, natijada «quruq ko‘z» sindromi rivojlanadi.
Mutaxassis maslahatiga ko‘ra, gadjetlardan foydalanish vaqtini tartibga solish juda muhim. Agar bu ish zarurati bo‘lsa, ko‘zlar dam olishi uchun muntazam ravishda tanaffus qilishi lozim. Ideal holda, kompyuterda tez-tez va uzoq vaqt ishlash sharoitida yaxshi ko‘rishni saqlab qolish uchun ko‘zlar uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Kontakt linzalaridan noto‘g‘ri foydalanish
Linzalardan foydalanish birinchi nabatda ko‘zlarga infeksiya xavfi bilan tahdid qiladi. Linzalarning ko‘zning shox pardasi bilan uzoq vaqt aloqasi va u erda infeksiya, masalan, yuvilmagan qo‘llar bilan linzalarni qo‘yish jarayonida juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun linzalarni faol ishlatish bilan ulardan foydalanish va saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilish kerak. Asosiysi: dezinfeksiyali eritmani qayta ishlatmaslik, linzalarni o‘zgartirmaslik (chapdan o‘ngga va aksincha), linzalarni belgilangan muddatdan ortiq taqmaslik, ularni kechasi olib tashlashdir.
Mutaxassisning fikricha, dush, basseyn, sauna va dengizda suzishdan oldin ham linzalarni olib tashlash kerak. Bakteriyalar va ifloslantiruvchi moddalar linzaga joylashib, yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Quyoshdan saqlaydigan sifatsiz ko‘zoynak taqish
Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklari nafaqat uslubning elementi, balki ko‘z salomatligining ham muhim tarkibiy qismidir. Ultrabinafsha nurlar qorachiqqa zarar yetkazishi va katarakt xavfini oshirishi mumkin. Ularni quyoshli havo, dengiz va mashina haydash paytida taqish majburiydir.
«Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarini tanlashda birinchi navbatda brend va dizayn emas, balki ultrabinafsha filtrining mavjudligini hisobga olish kerak. Shundagina ko‘zlar quyosh nurlanishining salbiy ta’siridan ishonchli himoyalangan bo‘ladi», – deydi mutaxassis.
Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik
Ko‘zlarga ham yaxshi g‘amxo‘rlik qilish va ularni chang va bakteriyalardan tozalab turish kerak, jumladan, ko‘zni, ayniqsa yuvilmagan qo‘llar bilan ishqalash odatini diqqat bilan nazorat qilish lozim. Bu vaqtda bakteriyalar ko‘zning tashqi qismidan ichki tomonga osongina ko‘chib o‘tishini unutmaslik kerak, aks holda ular ko‘zning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
«Shuningdek, yotishdan oldin makiyajni yuvishni unutmang. Ko‘pincha tush zarralari ko‘z ichiga kirib, allergiya yoki yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, dekorativ kosmetika vositalarining sifati va yaroqlilik muddatini kuzatib borish lozim, chunki bu ham ko‘z salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», – deya xulosa qiladi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”