date
views 1 798

Qaysi mahsulotlar qon bosimini tushirishga va koʻtarishga yordam beradi?

Qaysi mahsulotlar qon bosimini tushirishga va koʻtarishga yordam beradi?
Parhezshunos – nutritsiolog Irina Ishenko RIA Novosti agentligiga qon bosimini me'yorlashutiruvchi oziq-ovqatlar nomini ma'lum qildi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, kunlik ratsiondan tarkibida yogʻ va xolesterin koʻp boʻlgan mahsulotlarni chiqarib tashlash lozim. Koʻproq meva – sabzavotlar, boshoqli mahsulotlar iste'mol qilish samarali natija beradi.

Qon bosimini tushirish uchun guruch, mevalar (apelsin, mandarin), kartoshka, suli va bugʻdoy boʻtqasi, quritilgan mevalar (turshak va mayiz kabi), kalmar, baliq (xek, treska), sut va yogurt mahsulotlarini koʻproq iste'mol qilish zarur.

Mol va qoʻy goʻshti yogʻlarini oʻsimlik yogʻlariga oʻzgartirgan ma'qul. Yuqori qon bosimida sariyogʻ, smetana, choʻchqa, mol goʻshti, gazli va tarkibida kofein boʻlgan ichimliklar. Achchiq taomlar, ziravorlar, tuzli va konservalangan mahsulotlar, un va shakarli taomlarni butkul ratsiondan chiqarish kerak.

Qon bosimi baland boʻlsa, qovurilgan taomlarni iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Qon bosimi tushib ketganda esa qahva va anor sharbati yordam beradi.

Uzum sharbati, qora choy, qora shokolad, qizil vino, tuz, koritsa va asal qon bosimini tushiruvchi mahsulotlar”, - deydi mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qaysi mahsulotlar qon bosimini tushirishga va koʻtarishga yordam beradi?