date
views 1 407

Yarim yildan soʻng oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar

Yarim yildan soʻng oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar
Foto: Pinterest
Birgina yaxshi odatga rioya qilib, sogʻliqni jiddiy ravishda yaxshilash mumkinmi? Ha! Ayniqsa, har oyda bittadan yangi odat boʻlsa. Oldindagi yarim yil davomida shaxsiy salomatlik taqvimini kuzatib borishni unutmaslik lozim. Albatta, katta natijalar eng kichik oʻzgarishlardan boshlanadi.

Mart: koʻzga gʻamxoʻrlik qilish
Koʻrlik yoki qisman koʻrish qobiliyatini yoʻqotish qoʻrquvi eng keng tarqalgan holatlardan biridir, ammo koʻpchilik koʻzni himoya qilish uchun hech narsa qilmaydi. Shu jumladan, eng oddiy – koʻzni ultrabinafsha nurlanishidan ham himoya qilishmaydi. Mart, quyosh chindan ham yorqinroq boʻlgan birinchi oy. Shuningdek, yangi odatni rivojlantirish uchun ham ajoyib oy – albatta, ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi koʻzoynak taqish bilan birga. Ayni paytda, bu kichik narsa nafaqat koʻzni, balki atrofdagi nozik terini ham himoya qiladi.

May: shakar iste'molini kamaytirish
Agar shakarli qahva yoki choy ichish odati boʻlsa, unda kuniga bir stakanga 50 foiz kamroq shakar qoʻshishga harakat qilish yoki shunchaki asal bilan almashtirish kifoya. Yana bir oson yoʻli – bir kunlik shirinlikni quritilgan mevalar bilan almashtirish mumkin. Bularning barchasi arzimas narsalar va ular koʻp harakat talab qilmaydi, ammo natija darrov koʻrinadi.

Iyun: quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish
Dermatologlarning ogohlantirishicha, koʻpchilik hali ham terisini quyoshdan etarlicha himoya qilmaydi. Shu bilan birga, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan mahsulotlardan muntazam foydalanish teri saratonining eng samarali profilaktikasi hisoblanadi. Himoya indeksi kamida 30 (yaxshisi 50) boʻlgan kremidan har kuni ofisda ishlagan taqdirda ham foydalanish lozim. Bosh terisi, qoʻllar va sochlar hamisha himoyaga muhtojligini unutmaslik kerak.

Iyul: kichikroq idishlardan ovqatlanish
Koʻpincha inson oʻziga keragidan 15-20 foiz koʻproq ovqatlanadi. Shuningdek, juda tez tanovul qilib, toʻqlik signali oʻtkazib yuboriladi. Sekinroq ovqatlanish va ovqatlanayotganda chalgʻimaslik haqida toʻliq mantiqiy maslahatga qoʻshimcha ravishda, yana bir layfxak mavjud. Kichikroq idishlarni sinab koʻrish: hatto kichikroq qismlar ham vizual ravishda etarli boʻlib koʻrinadi va haqiqatan ham kerakli darajada ovqatlanib, och qolmaslik mumkin.

Avgust: tibbiy koʻrikni tashkil qilish
Avgust – ta'til uchun eng yaxshi oy. Ushbu oyda bir necha kun ajratib, tibbiy tekshiruvni tashkil qilish tavsiya etiladi. Qon va peshob tahlillari, muhim organlarning (yurak, qalqonsimon bez, qorin boʻshligʻi) ultratovush tekshiruvini oʻtkazish, ginekolog, stomatolog va oftalmolog tomonidan profilaktik tekshiruvdan oʻtishni ortga surmaslik muhim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yarim yildan soʻng oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar