date
views 1 452

Haqiqiy zararkunandalar: buyrak salomatligiga xavf soluvchi odatlar

Haqiqiy zararkunandalar: buyrak salomatligiga xavf soluvchi odatlar
Buyraklaringizga salbiy ta'sir koʻrsatadigan zararli odatlar roʻyxati bilan tanishing.

Qayta ishlangan goʻsht

Foto: «Domashniy ochag»
Qayta ishlangan goʻsht: sosiska, kolbasa nafaqat kanserogenga boy, balki buyraklar uchun juda xavfli mahsulotdir. Odatda qayta ishlangan goʻshtda tuz koʻp boʻladi: buyraklar natriy bilan kurashishi, ortiqcha kaltsiy ishlab chiqarishi uchun koʻp ishlashi kerak. Oʻz navbatida kaltsiy buyrak toshlarining shakllanishiga hissa qoʻshishi mumkin.

Qon bosimini nazorat qilmaslik
Yuqori qon bosimi deyarli barcha organizm tizimlari uchun jiddiy tahdiddir, buyraklar ham bundan mustasno emas. Gipertenziya buyraklarni oziqlantiradigan qon tomirlariga, shuningdek, bu organlarning oʻziga ham jiddiy zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun qon bosimi darajasini kuzatish, 130 dan oshsa, shifokor koʻrigiga borishni unutmang.

Chekish
2012 yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, 16 yil yoki undan koʻproq vaqt davomida chekishdan voz kechish buyrak hujayralari saratoni (kattalardagi buyrak saratonining eng keng tarqalgan shakli) xavfini 40 foizga kamaytirdi. Bundan tashqari, chekish qon tomirlariga zarar etkazishi va yuqori qon bosimi xavfini oshirishi mumkin.

Kam suv ichish

Foto: «Domashniy ochag»
Koʻpchilik suvni faqat chanqagandagina ichadi, ammo organizmga suv etishmasligi haqiqatan ham xavfli boʻlishi mumkin. Natriy darajasini nazorat qilish va qon bosimini normal ushlab turish uchun tanada etarli suv boʻlishi lozim. Shuning uchun kuniga kamida bir litr suyuqlik iching.

Ogʻriq qoldiruvchi dorilardan koʻp iste'mol qilish
Shamollashga qarshi dorilar, ayniqsa, «Aspirin» va «Ibuprofen»ni oʻz ichiga olganlari buyraklarga qon oqimini kamaytiradi. Shuning uchun bunday dorilarni faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilish kerak. Agar buyraklar zararlangan boʻlsa, bunday dori-darmonlarni qabul qilishdan butunlay voz kechish lozim.

Xalqona vositalar bilan davolanish

Foto: «Domashniy ochag»
Dorivor oʻsimliklar bilan oʻz-oʻzini davolash dorilardan nazoratsiz foydalanish kabi xavfli boʻlishi mumkin. Koʻp oʻsimliklar tana holati va faoliyatiga jiddiy ta'sir koʻrsatadigan moddalarni oʻz ichiga oladi. Shuning uchun agar oʻsimliklar yordamida davolanishni afzal koʻrsangiz, albatta, shifokor yoki hech boʻlmaganda farmatsevtga murojaat qilgan ma'qul.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Haqiqiy zararkunandalar: buyrak salomatligiga xavf soluvchi odatlar
-->