Foto: «Domashniy ochag»
Gastroenterolog-gepatolog Sergey Vyalov ichaklarni qanday qilib to‘g‘ri, xavfsiz va samarali tozalash kerakligini ma’lum qildi.
«Meva, sabzavotlar va suvni yetarli darajada iste’mol qilish ichakni muntazam tozalashga yordam beradi», — dedi gastroenterolog Sergey Vyalov.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ichaklarni muntazam ravishda tozalash kerak, aks holda yallig‘lanish, polip va hatto saraton rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi. Shifokor buning uchun xalqona davolanish usullaridan foydalanishni tavsiya etmaydi, shunchaki ratsionga kletchatkaga boy mahsulotlar va oddiy suvni kiritishni lozim deb biladi.
«Bular hazm bo‘lmaydigan uglevodlar. Ular ichak devorlaridan ortiqcha narsalarni qirib tashlaydi, peristaltikani rag‘batlantiradi va yaxshi bakteriyalarning ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi shifokor.
Kletchatka — bu so‘rilmaydigan yoki to‘liq hazm bo‘lmaydigan uglevod. U cho‘tka kabi harakat qiladi, ichak devorlaridan ortiqcha narsalarni tozalab tashlaydi. Bunga parallel ravishda peristaltika boshlanadi, ich qotishi yo‘qoladi.
Ko‘p miqdorda kletchatka meva va sabzavot, don mahsulotlarida mavjud. Qo‘shimcha kletchatkalar manbasi sifatida bioqo‘shimchalardan ham foydalanish mumkin: tanqislikni to‘ldirish uchun kuniga 30 gramm yetarli. Ammo muhim shart — kuniga kamida 1,5 litr suv ichish kerak.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ichaklardan ko‘p narsalar o‘tadi va vaqt o‘tishi bilan uning devorlariga chiqindi mahsulotlar to‘plana boshlaydi. Agar tanani tozalashga murojaat qilinmasa, bunday muhit turli xil yallig‘lanishlarga va hatto poliplarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.
«Ichaklarni qanday tozalash kerak? Muqobil tibbiyot klizma va surgi vositalarini taklif qiladi. Darhaqiqat, ichakni bir marta tozalashning ma’nosi yo‘q. Uni har doim tozalash kerak. Bu har kuni mutaxassis huzuriga tashrif buyurish kerak degani emas. Shunchai ichakni tozalash uchun kletchatkani muntazam iste’mol qilish kifoya», — deydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi