Foto: Getty Images
Allergiyani aniqlash oson, degan stereotip mavjud. Yoshlangan ko‘zlar, burun bitishi, toshmalar — haqiqatan ham bu eng keng tarqalgan alomatlar. Ammo bulardan kam ahamiyatga ega bo‘lmagan simptomlar ham mavjud.
Bosh og‘rig‘i
Bosh og‘rig‘ining o‘nlab sabablari bo‘ladi. Bosh aylanishi allergiya tufayli ham bo‘lishi mumkin:
- og‘riq burun sinuslarida yuzaga keladi va burun ko‘prigiga tarqaladi.
- og‘riq bir tomonlama (faqat boshning chap yoki o‘ng tomoniga ta’sir qiladi). Yorqin quyosh nuri bilan kuchayishi va ko‘ngil aynishi bilan birga bo‘lishi mumkin.
Agar bunday og‘riqlar muntazam ravishda takrorlansa, terapevt yoki allergologga boring. Bu pollinoz alomati bo‘lishi mumkin.
Ich qotishi
Qabziyat oziq-ovqat allergiyasining eng keng tarqalgan belgilaridan biri. Bu, ayniqsa, yosh bolalarda namoyon bo‘ladi: ich qotishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan chaqaloqlarning 73 foizida keyinchalik allergiya tashxisi qo‘yilgani aniqlangan.
Kattalarda ich qotishi va oziq-ovqat allergiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik unchalik ham yuqori emas, biroq uning mavjudligi taxmin qilinadi. Agar muntazam ravishda ichak harakatida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, organizm allergenlardan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin.
Doimiy charchoq hissi
O‘simlik guliga, changga, uy hayvonlari tuklariga allergiya burun yo‘llarida shish paydo bo‘lishi bilan birga keladi. Shish tufayli hatto ahamiyatsiz va deyarli sezilmaydigan bo‘lsa ham, o‘pkaga kislorod yetkazib berish yomonlashishi mumkin. Lekin bu hammasi emas.
Nafas yo‘llari bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli odam uxlay olmaydi. Kechasi tez-tez uyg‘onadi va ertalab boshi og‘rib turadi. Charchoq kundan kunga kuchayib boradi.
Xotira buzilishi
Doimiy uyqusizlikni hisobga olsak, diqqatni jamlash va xotira bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.
Yorilgan lablar
Og‘iz orqali nafas olish odati lablarning ob-havoga, quruqligiga va yorilishiga olib keladi. Ko‘pincha, lablardagi yoriqlar shifokorlar allergiya bilan og‘rigan bemorlarda sezadigan deyarli birinchi alomatdir.
Ko‘z ostidagi qora doiralar
Ba’zan allergiya ko‘z ostida shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Qon tomirlari kengayadi, qorayadi va ko‘z atrofidagi eng nozik teri ostida ko‘rinadigan bo‘ladi.
Hid bilish sezgisi yo‘qolishi
Agar allergiya bilan bog‘liq bo‘lgan burun bitishi davolanmasa, keyinchalik hid sezmaslikka olib kelishi mumkin.
Ta’m sezuvchanligining pasayishi
Ta’mni his qilish qobiliyati hid hissi bilan chambarchas bog‘liq. Agar hid bilan muammoga duch kelsangiz, unda ta’m bilish sezgisi ham zaiflashgan.
Hirqiroq ovoz
Jiddiy allergiyada ovoz yo‘li siqiladi. Bu bo‘g‘iq ovozga olib kelishi mumkin. Agar hirrilagan tovush 7-10 kun ichida o‘tib ketmasa, terapevtga ko‘rinish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatdi. Nimalarga kelishildi?