Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?
Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida bir qator hamkorlik hujjatlari imzolandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Abu-Dabida Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari prezidentlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.

Imzolangan hujjatlar:
  • Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiya;
  • Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
  • Moliyaviy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • investitsiyalar, sanoat va ilgʻor texnologiyalar, adliya, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida idoralararo bitimlar;
  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma, Diplomatik akademiyalar oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim va boshqalar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar