O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlash arafasida


Tez orada O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi raisi Firdavs Abduholiqov ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalik ochilish marosimida so‘zga chiqqan Firdavs Abduholiqov “Zo’r TV”, “Futbol TV”, “Karavan TV” telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi.
Telekanallar efiri yuqori sifatli HD formatda bo‘lishi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…