date

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish tashabbusi boshlanadi

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish tashabbusi boshlanadi

Toshkent shahrida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish usulini joriy etish rejasi tayyorlanmoqda. Bu masala Prezidentning 25 mart kuni qabul qilgan farmonida keltirilgan, u “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan Toza havo umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari”ni o‘z ichiga oladi.

Farmonga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida qurg‘oqlikka uchragan hududlarda maxsus uskunalar o‘rnatiladi va sun’iy yomg‘ir chaqirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi 2027 yil 1 oktyabrgacha rejalashtirilgan.

Bu texnologiya orqali havodagi chang va zararli moddalarning miqdori kamaytirilishi, atmosferaning sifati qisqa muddatda yaxshilanishi nazarda tutilgan. Shuningdek, qurg‘oqchilik sharoitida namlik darajasini ko‘tarishga ham e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.

Farmonda qayd etilganidek, tashabbusni amalga oshirish vazifasi Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligi zimmasiga yuklangan. Ularga xorijiy tajribani o‘rganib, samarali yechimlarni joriy qilish majburiyati qo‘yilgan.

Ya’ni yaqin yillarda Toshkent aholisi toza havo va suv bilan ta’minlashda yangi texnologiyalar samarasini his qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tashabbus nafaqat ekologik muammolarni hal qiladi, balki shahar muhiti va hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish tashabbusi boshlanadi