Toshkentda “Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtincha cheklanadi

Toshkentdagi "G'alaba bog'i"da 9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan, 25-apreldan 1-mayga qadar Shon-sharaf davlat muzeyiga kirish vaqtincha to'xtatiladi, biroq bog' hududiga tashrif buyurish imkoniyati saqlanib qoladi. 6-8 may kunlari esa butun "G'alaba bog'i" majmuasi va muzeyga kirish to'liq cheklanadi. Ushbu cheklovlar bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.
Toshkent shahrida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan obodonlashtirish hamda yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonlar sabab 25 apreldan 1 mayga qadar Shon-sharaf davlat muzeyiga kirish vaqtincha toʻxtatiladi. Shu bilan birga, mazkur kunlarda bogʻ hududiga tashrif buyurish imkoniyati saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, 6–8 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va muzeyga kirish toʻliq cheklanishi belgilangan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu cheklovlar bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.































Izohlar 0
…