Uy olishda yosh oilalarga keng imkoniyatlar berilmoqda

2027-yildan boshlab O‘zbekistonda yosh oilalar uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi (14%) darajasida imtiyozli ipoteka dasturi joriy etiladi. Mazkur kreditlar faqat yangi qurilgan uylar uchun berilib, undan foydalanish uchun er-xotin 30 yoshdan oshmagan va oxirgi 3 yilda o‘z nomida uy-joyi bo‘lmagan bo‘lishi lozim. Shuningdek, yangi qaror bilan o‘qituvchilarni xorijda malaka oshirishga yuborish hamda ta’lim va tadbirkorlik sohalariga foizsiz ssudalar ajratish ham ko‘zda tutilgan.
2027 yildan boshlab mamlakatda yosh oilalar uchun maxsus ipoteka dasturi amalga oshiriladi. Yangi qarorga muvofiq, uy-joy kreditlari Markaziy bankning asosiy stavkasi darajasida, yaʼni 14 foiz atrofida taqdim etiladi. Agar banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari ushbu miqdordan yuqori boʻlsa, ortiqcha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu esa yosh oilalar uchun uy-joy sotib olish imkoniyatini sezilarli darajada yengillashtiradi.
Ipoteka kreditlari faqat birlamchi bozordagi uylar uchun amal qiladi. Yaʼni, faqat yangi qurilgan uylar xaridi qoʻllab-quvvatlanadi. Shu bilan birga, dasturdan foydalanish uchun er-xotinning har ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan boʻlishi shart qilinadi. Shuningdek, soʻnggi 3 yil ichida ularning nomida uy-joy boʻlmagan boʻlishi kerak.
Qarorda yana bir muhim yoʻnalish belgilangan: oʻqituvchilarni xorijda stajirovkadan oʻtkazish, shuningdek, taʼlim markazlari va tadbirkorlik subyektlari uchun foizsiz ssudalar ajratish koʻzda tutilgan. Bu tashabbuslar iqtisodiy va taʼlim sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.































Izohlar 0
…