“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi

“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi
Qisqacha

O‘zbekistonda "Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030" strategiyasi doirasida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan "Yangi avlod tadbirkorlari" dasturi ishga tushiriladi. Mazkur loyiha doirasida 2030-yilga qadar 20 ming nafar yosh mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida tadbirkorlik hamda biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitiladi. O‘quv yakunida yuqori natija ko‘rsatgan 1 ming nafar ishtirokchiga imtiyozli kreditlar ajratiladi va ularning biznes xarajatlari davlat tomonidan qisman qoplab beriladi.

2026 yil 20 aprelda qabul qilingan yangi qarorga muvofiq “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi, deb Uza.uz xabar berdi. Ushbu dastur “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilib, yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Dastur doirasida 2030 yilgacha 20 ming nafar yosh tadbirkorlikka oʻqitiladi. Ular mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida maxsus taʼlimdan oʻtadi. Shuningdek, xususiy sektor bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, amaliy biznes koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Treninglar biznes loyiha yaratish, bozorga chiqish va uni kengaytirish kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Dastur yakunida test sinovlari oʻtkazilib, eng yuqori natija koʻrsatgan 1 ming nafar yoshga sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat asosida ularga 3 yilgacha muddatga, 6 oy imtiyozli davr bilan va Markaziy bank stavkasining 50 foizi asosida kreditlar ajratiladi. Shu bilan birga, yangi fermer xoʻjaliklari va infratuzilma xarajatlari ham davlat tomonidan qisman qoplanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar