1-maydan Humo kartalari uchun SMS-xabarnoma narxi ikki baravar oshadi

2024-yil 1-maydan boshlab Humo to‘lov tizimi kartalari uchun SMS-xabarnoma xizmati narxi ikki baravarga oshib, har bir xabar uchun 168,4 so‘mni tashkil etadi. Mutaxassislar ushbu o‘zgarishni texnik infratuzilmani saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va energiya resurslari narxi ko‘tarilgani bilan izohlashmoqda. Mazkur tarif o‘zgarishi "Click" tizimidagi SMS-xabarnomalarga ham tegishli bo‘lib, foydalanuvchilar xizmatni 13131 raqamiga "STOP" so‘zini yuborish orqali bekor qilishlari mumkin.
O'zbekistonda 2024 yil 1-maydan boshlab Humo to'lov tizimi kartalari uchun SMS-xabarnoma xizmati narxi ikki baravarga oshiriladi. Octotelecom kontent-provayderi ma'lumotiga ko'ra, 13131 qisqa raqamidan keladigan har bir kiruvchi xabar narxi amaldagi 84,2 so'mdan 168,4 so'mga ko'tariladi. Ushbu o'zgarish haqida mamlakatdagi yirik mobil aloqa operatorlari — "Mobiuz", "Ucell" va "Beeline" ham o'z mijozlarini ogohlantirgan. Bu haqda Spot.uz xabar beradi.
Kompaniya vakillari narxlar oshishini texnik infratuzilmani saqlash, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va xizmat xavfsizligini ta'minlash xarajatlari ortgani bilan izohladi. Shuningdek, energiya resurslari narxi va litsenziya to'lovlari ko'tarilgani ham tarif o'zgarishiga sabab bo'lgan. Agar foydalanuvchi ushbu xizmatni o'chirmoqchi bo'lsa, 13131 qisqa raqamiga "STOP" so'zini yuborishi kifoya.
Shu bilan birga, "Click" to'lov tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan "SMS-axborot 880" xizmati narxi ham kelasi oydan 168,4 so'm etib belgilanadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "Uzcard" to'lov tizimi uchun ham SMS-xabarnoma tariflari xuddi shunday miqdorgacha oshirilgan edi. Humo tizimida bir martalik OTP-kodlar ham aynan 13131 raqami orqali yuboriladi va xabar yetkazilgani uchun to'lov foydalanuvchi balansidan yechib olinadi.































Izohlar 0
…