date

Shavkat Mirziyoyev Boku safarida muhim xalqaro forumda qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev Boku safarida muhim xalqaro forumda qatnashadi
Foto: O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 17–18 may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi. Tashrif Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari BMT shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi doirasidagi Yetakchilar sammitida ishtirok etadi hamda nutq so‘zlaydi. Mazkur nufuzli anjuman shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joylar qurilishi, infratuzilmani yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator xorijiy davlatlar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Mazkur safar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligini yana bir bor namoyon etib, mamlakatning global tashabbuslardagi ishtirokini mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Boku safarida muhim xalqaro forumda qatnashadi