date

Senat raqamli markirovkalash tizimini kuchaytirishni maʼqulladi

Senat raqamli markirovkalash tizimini kuchaytirishni maʼqulladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi. Hujjat mamlakatda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda noqonuniy mahsulotlar aylanmasining oldini olishga qaratilgan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Senatorlar taʼkidlashicha, tovarlarni raqamli markirovkalash isteʼmolchilarni sifatsiz va soxta mahsulotlardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizim ishlab chiqaruvchilarni sifat standartlariga qatʼiy rioya etishga undaydi hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qiladi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yangi tartiblar kiritilmoqda. Unga koʻra, tovarlarni majburiy markirovkalash boʻyicha qoidabuzarlik uchun ikki marta rasmiy ogohlantirish berilganidan soʻng, masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish nazarda tutilmoqda. Tekshiruv muddati 5 kun etib belgilangan boʻlib, uning natijalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Muhokama yakunida senatorlar ushbu qonunni maʼqulladilar. Mazkur oʻzgarishlar alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va salqin ichimliklar kabi tovarlarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyish hamda bozorlarni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga zamin yaratishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senat raqamli markirovkalash tizimini kuchaytirishni maʼqulladi