date

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev savdo va investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Шоукат Мирзиёев ва Илҳом Алиев савдо ва инвестиция лойиҳаларини муҳокама қилди

Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 40 foizdan ziyodga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yetakchilar transport sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildiavava

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev savdo va investitsiya loyihalarini muhokama qildi