date

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning janubida ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning janubida ham sezildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan 4,8 magnitudali zilzila kuchi O‘zbekistonning janubiy hududlarida ham sezildi.

Ma’lum qilinishicha, yer silkinishi epitsentri qo‘shni respublikaning Xatlon viloyatida joylashgan bo‘lib, zilzila 30 kilometr chuqurlikda yuz bergan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida yerosti silkinishlari bir qator tumanlarda 2 ball atrofida sezilgan.

Jumladan:

— Uzun tumanida 2 ball, 104 km.

— Denov tumanida 2 ball, 112 km.

— Sho‘rchi tumanida 2 ball, 113 km.

— Sariosiyo tumanida 2 ball, 115 km.

— Oltinsoy tumanida 2 ball, 124 km.

Mutaxassislar hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayrongarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning janubida ham sezildi