Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan XXR Raisi Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 22 may kuni Xitoy shimolidagi “Lyushenyuy” ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Gaz portlashi oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘lgan.
Hodisa vaqtida konda 247 nafar ishchi bo‘lgani aytilmoqda. Xitoy rahbari Si Jinping qutqaruv ishlarini jadallashtirish, voqeani chuqur tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing