10 ming qadam uchun pul beruvchi platforma nega ishlamayapti?

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda platformada texnik ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislar tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va mavjud nosozliklarni bartaraf etish ustida ishlayotgani aytilgan.
“Texnik ishlar yakunlanganidan keyin qo‘shimcha axborot beriladi”, — deya ta’kidlangan rasmiy izohda.
Ma’lumot uchun, mazkur platforma “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan. Shuningdek, 2026 yil davomida 10 ming qadam piyoda yurish tashabbusini qayta tiklash ham prezident qarori bilan belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing