O‘zbekiston OPEKning kuzatuvchisiga aylandi

Neft eksportchi davlatlari tashkiloti (OPEK) 7 dekabr kuni kuzatuvchi maqomini olgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirgan. Ularning ichida O‘zbekiston ham bor, deya xabar berdi "Turon24" axborot agentligi.
7 dekabr kuni OPEK yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OPEK konferensiyasi raisi, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazrui OPEK kuzatuvchilari qatoriga O‘zbekiston, JAR, Afrika neft sanoati assotsiatsiyasi qo‘shilganini aytgan.
"Men yangi ishlab chiqaruvchilarni "OPEK emas", balki kuzatuvchi maqomidagi davlatlar deya atagan bo‘lardim", degan al-Mazrui.
OPEK 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilot qazib olingan barcha neftning 80 foizini nazorat qiladi. OPEK tarkibiga 15 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!7 dekabr kuni OPEK yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OPEK konferensiyasi raisi, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazrui OPEK kuzatuvchilari qatoriga O‘zbekiston, JAR, Afrika neft sanoati assotsiatsiyasi qo‘shilganini aytgan.
"Men yangi ishlab chiqaruvchilarni "OPEK emas", balki kuzatuvchi maqomidagi davlatlar deya atagan bo‘lardim", degan al-Mazrui.
OPEK 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilot qazib olingan barcha neftning 80 foizini nazorat qiladi. OPEK tarkibiga 15 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…