14:10 / 01.06.2021
2 650

O‘zbekistonda 2 iyun kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘ladi


«O‘zgidromet» 2 iyun, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2 iyun kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘ladi