14:47 / 18.10.2021
2 057

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekiston hududida 18 oktabr, dushanba kun havo harorati me’yordan 3-4 darajaga yuqori bo‘lgan kam bulutli va o‘rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, bunday holat haftaning o‘rtasigacha davom etadi, hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat fonining yuqoriligi saqlanib turadi — kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga chorshanba kuni Volga bo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat pasayishni boshlaydi.

21 oktabr, payshanba kuni nam va sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi. Ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Eng chekka sharqiy hududlarda kechasi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kuni 13-18 daraja iliqqacha pasayadi. Bu me’yordan 2-4 daraja past.

Juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Bu iqlimiy me’yorlardan 6-7 darajaga past.

21—22 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 21—23 oktabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 22—23 oktabrda O‘zbekistonning ayrim viloyatlariga tuman tushishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi