12:20 / 25.10.2021
1 884

«O‘zgidromet»: Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda

«O‘zgidromet»: Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 27 oktabrda respublika shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

28 oktabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 oktabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27-28 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat kechalari 4-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va hafta oxiriga borib kunduz kungi harorat 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet»: Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda