12:20 / 28.11.2021
1 796

«O‘zgidromet» 29 noyabrda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» 29 noyabrda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 29 noyabr, dushanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja, kunduzi esa 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi esa 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kuni sovuq antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekinib, respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» 29 noyabrda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi