21:12 / 04.12.2021
2 901

Kitob tumanining birinchi hokimi Abdurahmon Ashurov vafot etdi

Kitob tumanining birinchi hokimi Abdurahmon Ashurov vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining birinchi hokimi (1991–1993) Abdurahmon Ashurov vafot etdi. Bu haqda marhum shu kungacha faoliyat yuritgan «Alskom» sug‘urta kompaniyasi «Daryo»ga xabar qildi.

Abdurahmon Ashurov 1949-yil Kitob tumanida tug‘ilgan. 1972-yilda Toshkent politexnika universitetini tamomlagan. 1991–1993-yillarda Kitob tumani birinchi hokimi, 1993–1998-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimligi savdo-sanoat va ijtimoiy rivojlanish bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.

2008-yildan hozirgacha «Alskom» sug‘urta kompaniyasining Qashqadaryo bo‘limi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kitob tumanining birinchi hokimi Abdurahmon Ashurov vafot etdi