07:02 / 17.06.2018
3 457
---

Tadqiqotlar natijasida chekishning yangi xavfi aniqlandi

Tadqiqotlar natijasida chekishning yangi xavfi aniqlandi
Harvard tibbiyot maktabi olimlari chekish genlar faolligida uzoq muddatli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini aniqlashdi. Bu haqida NBC News xabar berdi. Genetiklar 16 ming kishida metillashtirish jarayonlari - metil guruhi(CH3)ning DNKga qo‘shilishini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar 1971 yilga qadar o‘tkazilgan turli tadqiqot ishtirokchilarining qon namunalarini tahlil qilib chiqishdi. Olimlar ushbu ma’lumotlarni bemorlarning ovqatlanish ratsioni, chekishi, sog‘lom hayot tarziga rioya qilishi va qanday kasalliklarni o‘tkazgani ko‘rsatilgan tibbiy anketalaridan o‘rganishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aksariyat chekuvchilarda yurak kasalliklari va saraton bezlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 7 ming gen faolligiga ta’sir ko‘rsatgan metillashtirishda o‘zgarishlar kuzatilgan. Chekishni tashlaganlarda DNKning katta qismi taxminan 5 yildan so‘ng me’yorga tushgan, biroq 19 genga aloqador o‘zgarishlar 30 yil davomida saqlanib qolgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tadqiqot natijalari chekuvchi kishilarda hattoki o‘nlab yillar o‘tsa ham, saratonning ba’zi turlari, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va insult kabi kasalliklarning rivojlanish xavfi saqlanib qolishini ko‘rsatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)