Olimlar kechki tanovul inson organizmi uchun zarurligini ta’kidlamoqda: ularning fikricha, kaloriyalar to‘planishi va to‘lishib ketishdan cho‘chib, kechki taomdan voz kechish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
«Organizmni faqat tushlik bilan to‘ydirish amrimahol, — deya hisoblaydi taniqli ukrainalik parhezshunos Boris Skachko. — Kechki soat oltidan so‘ng taomlanishdan voz kechish oshqozon yarasi yoki o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu jigar faoliyatsiz qolishi bilan bog‘liq — u taomni qayta ishlashi shart bo‘lmagani tufayli safro sustligi yuzaga keladi va buning oqibatida toshlar paydo bo‘lishi mumkin. Keraksiz oshqozon soki bo‘sh oshqozonga tushib, uning tashqi qatlamini yemirishi oqibatida esa yara hosil bo‘ladi».
Oldinroq Sidney universiteti olimlari o‘z tadqiqotlari natijasida kechki ovqatning zararli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni inkor etib, boshoqlilar va sabzavotlarga ko‘proq o‘rin berilgan kechki taom organizm tomonidan yengil o‘zlashtirilishi va miyada asab tizimini tinchlantirib, tezda uyquga ketishga yordam beruvchi serotonin («baxt» garmoni) moddasining ko‘payishiga olib kelishini isbotladi. Ukrainalik olim ham kechki taom yengil, asosan, sho‘rvalar, baliq yoki salatlardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi