19:02 / 16.10.2018
6 719
---

Qon bosimini me’yorlashtirishda xalq tabobatining o‘rni

Qon bosimini me’yorlashtirishda xalq tabobatining o‘rni
Bugungi kunda ko‘pchilik insonlar qon bosimining ko‘tarilishidan aziyat chekadilar. Shu bois e’tiboringizga qon bosimini uy sharoitida me’yorda ushlab turishga yordam beruvchi tabiiy mahsulotlar haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Doimo yangi bodring yoki bodring suvi iste’mol qilish qon bosimini me’yorga keltirishda katta yordam beradi. Bodring qo‘shib tayyorlangan salatlar ham bundan mustasno emas. Har kuni pishirilmagan bodring, brokkoli va seldrli salat iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu salatga yong‘oq yoki urug‘lar qo‘shsangiz juda to‘yimli va foydali ovqatga aylanadi. Salatga sous sifatida sovuq uslubda siqilgan zaytun yog‘i, tabiiy(!!) olma sirkasi, mineral suv, biroz asal, biroz zanjabil va murch qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Kuningizni doimo yangi siqilgan limon yoki greypfrut suvi, toza isitilmagan asal va toza suv aralashmasi bilan boshlang.
Kundalik taomnomangizga bodomni ham kiriting. Chunki bodom yurak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi. Bodomni iste’mol qilishdan oldin bir necha soat suvda ivitish yanada foydali hisoblanadi.

Qon bosimini normallashtirishda tabiiy olma sirkasi ham juda samarali yordam beradi. Faqatgina haqiqiy olma sirkasi bilan qalbakisini farqlash darkor. E’tibor qilish muhim bo‘lgan jihat shuki, bunday qalbaki olma sirkasi sog‘liqqa foyda emas ziyon keltiradi. Shu sababli, olma sirkasi tabiiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilib so‘ngra iste’mol qilish juda ham muhim. Bunda olma sirkasi filtrlanmagan, pasterizatsiya qilinmagan hamda isitilmagan ekanligiga to‘liq ishonch hosil qiling.

Tabiiy, isitilmagan va shakar aralashtirilmagan asal ham yurak salomatligi uchun juda shifobaxshdir. Tabiiy asal yurak muskullarini quvvatlantiradi va qon aylanishini yaxshilaydi, shuningdek infarkt va insultdan himoya qilishda yordam beradi.

Dolchin va asalni aralashtirib, nonushta payti non bilan yoki iliq choy bilan iste’mol qilib turish ham yurak muammolarini kamaytirishda va infarktning oldini olishda yordam beradi. Diqqat: qonni suyultiruvchi dorilar iste’mol qilgan paytda dolchin iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling, sababi dolchin ham qonni suyultiradi.

Ushbu aralashma qon bosimini tushirishda yordam beradi: 2 osh qoshiq tabiiy asal va 3 choy qoshiq dolchinni 2 stakan suv bilan aralashtirib iching.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)