15:24 / 22.11.2018
8 790

Saratonga qarshi universal vosita kashf qilindi (foto)

Saratonga qarshi universal vosita kashf qilindi (foto)
Buyuk Britaniyadagi Saraton tadqiqotlari instituti olimlarining aniqlashicha, ozuqa qo‘shimchasi sifatida ishlatiladigan mannoza shakari turli xildagi saraton kasalliklaridan aziyat chekuvchi sichqonlarda salbiy o‘simtalar o‘sishini sekinlashtirishi va kimyo terapiyasidan effektni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Foto: Flickr / dichohecho

Tadqiqot davomida mannoza ichimlik suvi tarkibiga qo‘shilgan yoki oshqozon osti bezi, teri yoxud o‘pka saratoni bilan og‘rigan kemiruvchilarga og‘iz orqali berilgan. Ma’lum bo‘lishicha, shakar o‘simta o‘sishini sekinlashtiradi hamda boshqa asoratlarga olib kelmaydi. Tajribaning keyingi qismida shishga ega hayvonlar sisplatin va doksorubitsin - tez-tez qo‘llaniluvchi ikkita kimyo terapiyasi preparati bilan davolandi. Natijaning ko‘rsatishicha, shakar nafaqat o‘simtalar hajmini qisqartiradi, balki ba’zi sichqonlar hayot davomiyligini ham oshiradi.

Glyukoza saraton to‘qimalari o‘sishi uchun zarur, ammo mannoza uglevodlarning salbiy hujayralarga borib tushishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga, u oddiy to‘qimalarda glyukoza qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Shuningdek, mannozaning ta’siri turli saraton turlari, jumladan, leykemiya, osteosarkoma, tuxumdon va ichak saratonidagi hujayralarda sinovdan o‘tkazildi. Ba’zi hujayralar shakarga reaksiya ko‘rsatdi, ba’zilari esa bo‘linib, o‘sishda davom etdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular nega mannoza tanlov asosida ta’sir qilishi, shuningdek, insonda saraton kasalligini davolashda samarali bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlashni rejalashtirmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Saratonga qarshi universal vosita kashf qilindi (foto)