Shvetsiyaning Pite-Xavsbad shahridagi muzlab qolgan ko‘l ustida «Chempionlar poygasi» musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa rallining «B guruhi» bo‘yicha bir nechta Jahon Chempionatlarida ishtirok etgan marhum Xenri Toyvonene xotirasiga bag‘ishlab 1988 yildan beri tashkillashtirib kelinadi. An’anaviy tadbirga Ginnesning rekordlar kitobi vakillari ham tashrif buyurgan bo‘lib, ular Porsche Taycan Cross Turismo’ning navbatdagi yutug‘ini qayd etgan. Elektrokar o‘z o‘qi atrofida 69 marta aylanishni amalga oshira olgan, deb xabar beradi «Motor».
Shvetsiyadagi ko‘l ustiga Taycan Cross Turismo’ni britaniyalik mashhur poygachi va kaskadyor Terri Grant boshqarib chiqqan. Avtomobil rekordi qayd etilishi uchun u o‘z o‘qi atrofida uzluksiz aylanishi kerak bo‘lgan. Grant rekordni birinchi urinishdayoq o‘rnatib bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Avvaliga Taycan xavfsizlik tizimi tryukni avariyali vaziyat deya baholagan.
Poygachi datchik bilan muammoni hal etgach, u ketma-ket 69 ta «kulcha»ni chizishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu natijaga erishish uchun seriyali Porsche Taycan Turbo S Cross Turismo tanlangan bo‘lin, u jami 761 ot kuchini (1050 Nm) taqdim etishga qodir ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Bunday mashina soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada erisha oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi