12:37 / 19.05.2022
1 167

AQSHda ekranlarsiz retro-uslubdagi elektrokar taqdim etildi (foto)

AQSHda ekranlarsiz retro-uslubdagi elektrokar taqdim etildi (foto)
Kaliforniyadagi Olympian Motors brendi bozorga o‘zining birinchi modelini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U xuddi Tesla kabi Model 01 nomini olgan, biroq elektrokarlar avtogigantidan keskin farq qiladi. Model 01 retro-uslubda yaratilgan bo‘lib, ixtirochilar mayda detallarni yaratishga ham alohida e’tibor qaratgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Olympian Motors
Olympian Model 01 ning 50 dan ortiq variantda taqdim etiladigan ikki xil rangli kuzovi titan va uglerod toladan ishlangan. Sedanning eshiklari hashamatli — orqadagisi harakat yo‘nalishiga qarshi ochiladi, markaziy ustunlar yo‘qligi esa tushib-chiqishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Foto: Olympian Motors
Mashina intereri ham klassik avtomobillarga xos tarzda ishlangan bo‘lsa-da, zamonaviy jihozlarga ega. Salonidan jami to‘qqizda xavfsizlik yostiqchasi o‘rin olgan. Mashinani bezashda tabiiy yog‘och, ipak, titan va po‘latdan foydalanilgan, jumladan, ayrim detallari 3D printer yordamida «chop etilgan».

Foto: Olympian Motors
Old panelda muqobil qurilmalar joylashgan va hech qanday «2D-ekranlar» yo‘q. Biroq hashamatli sedan multimedia tizimisiz qolmagan: u o‘zining OOS (Olympian Operating System) operatsion tizimi va proyeksion displeyiga ega bo‘lib, ma’lumotlar old oynaga chiqarib beriladi. Elektronika ovoz yordamida boshqariladi.

Foto: Olympian Motors
Model 01 ning orqa o‘qiga 314 ot kuchini (414 Nm) taqdim etishga qodir yagona elektromotor o‘rnatilgan. Buning yordamida mashina soatiga 97 kilometr tezlikka (60 mil) 5,7 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi — 255 kilometr/soat. Sig‘imi 82 kilovatt-soatga teng akkumulator esa sedanning 490 kilometrgacha harakatlanishini ta’minlaydi.

Foto: Olympian Motors
Olympian hozirda Model 01 uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilmoqda. Mashina narxi 100 ming dollardan boshlanadi, buyurtma uchun depozitga 500 dollar qo‘yish kerak. Model mijozlarga 2022 yil oxiridan yetkazib beriladi.

Foto: Olympian Motors

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda ekranlarsiz retro-uslubdagi elektrokar taqdim etildi (foto)