Foto: Autonews
Moskva hokimiyati, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi va «KamAZ» Xitoy kompaniyalari bilan Renault ketganidan keyin bo‘shab qolgan Moskvadagi avtomobil zavodida avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda bozordagi manbalarga tayanib, «Izvestiya» va «Vedomosti» xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, JAC Motors, FAW va BYD kabi «Moskvich» ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan boshqa brendlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ayrim manbaalarga qaraganda kelishuvni yaqin ikki hafta ichida amalga oshirish rejalashtirilgan. Haval, Chery va Geely «Moskvich» brendi yoki Renault zavodi bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini aytishgan.
«Agar Xitoy kompaniyalari bilan kelishuvga erishib bo‘lmasa, «KamAZ» ishlab chiqarishni o‘z qo‘liga oladi. Ammo bu holda, avtomobilning chiqarilishini kutish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi, chunki «KamAZ»da sertifikatlangan modellar yo‘q» , — deydi «Izvestiya» manbalaridan biri.
«KamAZ» JAC Motors bilan ixcham elektromobilini mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Mashinalarni yig‘ishni 2022 yil oxirida boshlash rejalashtirilgan.
Avvaliga avtomobillar ichki yonuv dvigateli bilan jihozlanadi, keyin elektromobillar ishlab chiqarila boshlaydi.
16 may kuni Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga o‘tganini e’lon qildi.
Departamentning aniqlik kiritishicha, Renault Rossiya ishlab chiqarishi bevosita Moskva hukumati nazorati ostida bo‘ladi. Moskva meri Sergey Sobyanin Renault Russia zavodida tarixiy «Moskvich» brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
23 mart kuni Renault Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti fonida Moskvada ishlab chiqarishni to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar