18:20 / 22.05.2022
2 061

Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?

Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
Burilishni ko‘rsatuvchi barcha yorug‘lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.

Ushbu ishora quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
— yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda;
— to‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtaganda;
— fara chiroqlari yorug‘ligi haydovchining ko‘zini qamashtirganda;
— shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);
— “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega bo‘lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.

Transport vositasi xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo‘l harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?