Foto: ‘‘Realnoe Vremya’’
Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov «RBK» telekanaliga bergan intervyusida Sovet davrida mavjud bo‘lgan «Volga» va «Pobeda» avtomobil brendlarini qayta tiklash rejalari haqida gapirdi.
- Bizda «Volga» va «Pobeda» brendining ikkalasini ham jonlantirish rejalari bor, — dedi u.
Bunday mashinalar Nijniy Novgorodda ishlab chiqariladimi, degan savolga Manturov loyihani turli ob’ektlarda amalga oshirish mumkinligini aytdi. Biroq u qachon ishlab chiqarish boshlanishini ma’lum qilmadi.
16 may kuni Moskva meri Sergey Sobyanin «Moskvich» brendi ostidagi avtomobillarni ishlab chiqarish qayta tiklanishini ma’lum qilgan edi.
Ular shahar balansiga o‘tkazilgan Moskvadagi sobiq Renault zavodida yig‘iladi. Bunday loyihadan manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borilayotgani ta’kidlandi.
«Pobeda» 1946 yildan 1958 yilgacha «Gorkiy» avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan. Ushbu brend ostida jami 240 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan.
«Volga» brendi ostidagi avtomobillar «GAZ»da 1956 yildan ishlab chiqarilishni boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»