Monjaro emas, yangi Volga: Rossiyada oʻnlab salonlar sotuvga tayyor

Monjaro emas, yangi Volga: Rossiyada oʻnlab salonlar sotuvga tayyor

Volga kompaniyasi Rossiyada yangi avtomobillar sotuvini boshlash uchun oʻnlab dilerlik markazlari shay holatga keltirilganini rasman tasdiqladi. Dastlabki bosqichda mamlakat boʻylab 25-30 ta markaz oʻz eshiklarini ochadi. Sotuvlar birinchi navbatda millionlik shaharlar va yirik mintaqaviy markazlarda yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yil yakuniga qadar barcha asosiy shaharlarda dilerlik markazlari sonini 130 taga yetkazish rejalashtirilgan. Model qatoridan Volga C50 sedani hamda Volga K40 va Volga K50 krossoverlari joy olgan. Ushbu modellar aslida Geely brendining mahalliylashtirilgan variantlari hisoblanadi.

Loyiha doirasida Volga avtomobillari bosqichma-bosqich mahalliy dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi (AKPP) bilan jihozlanadi. Kompaniya mahalliylashtirish jarayoniga kamida 60 milliard rubl sarmoya kiritishni maqsad qilgan. Bu esa xitoylik modellarni toʻliq mahalliy brendga aylantirish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi zamonaviy faol va passiv xavfsizlik texnologiyalariga alohida eʻtibor qaratmoqda. Avtomobillar 12 ta dinamikli yuqori sifatli akustika tizimi, haydovchi va yoʻlovchi oʻrindiqlari uchun massaj hamda xotira funksiyasi, shuningdek, ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan. Ikkinchi qator oʻrindiqlari esa elektr yordamida boshqariladigan suyanchiq burchagi sozlamasiga ega.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar