date

Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi

Kecha, 12 aprel kuni Toshkentning Qatortol va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahada navbatdagi yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolariga asoslanib “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Xabarlarga qaraganda, YTH Cobalt hamda avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan. Natijada Muqimiy ko‘chasida avtomobillar harakati qiyinlashib, tirbandlik yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, YTH avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi va yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi oqibatida kelib chiqqan. Ko‘pchilik internet foydalanuvchilari aynan shu yo‘lda YTHlar juda ko‘p bo‘lishi, bekatning chorrahaga yaqin hudadda joylashgani, kafe va restoranlar, do‘konlar va aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining mijozlari avtomobillarini yo‘l yuzida qoldirib ketishlari, boshqa haydovchilarning yo‘l harakatini buzishiga sabab bo‘lishini aytishmoqda.

Internet foydalanuvchilaridan birining fikri esa e’tiborimizni tortdi. U o‘z izohida ko‘p hollarda avtobus haydovchilari harakat xavfsizligini buzishlari va o‘zini ham avtobus urib yuborishiga bir baxya qolganini yozib qoldirgan.

YTH oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi