
Iyun oyida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Cobalt yetakchilik qilmoqda - 10 468 dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Lacetti-Gentra - 9 463 dona;
- Damas - 6 286 dona;
- Nexia T-250 - 3 225 dona;
- Spark - 1 815 dona;
- maxsus yengil avtomobillar - 2 597 dona.