1 415
Hududlar yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifaga ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasini ilmiy-metodik ta’minlash, yo‘llarda ekspluatatsiya-montaj faoliyatini tartibga solish hamda “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyotini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hamda Toshkent shahar hokimligi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hududiy ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazilgan;
hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlari mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida respublika barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda indeksni yuritish vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga yuklatiladi. Har chorak yakunida indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi holati maxsus komissiyalar tomonidan 29 ta indikator bo‘yicha baholanadi.
Tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Qaror bilan prezidentning “Jamoat xavfsizligi konseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazining vazifalari belgilandi:
YTH sabablarini o‘rganishga doir tadqiqotlar o‘tkazilishini va muvofiqlashtirilishini tashkil etish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga imkon berayotgan asl omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
yo‘l harakati ishtirokchilarini YTHdan himoya qilish darajasini oshirishning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, tashkiliy-metodik muammolarini tadqiq etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Qoraqalpog‘iston IIV, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari namunaviy nizomi;
yo‘l chiziqlarini chizishga, yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalarini o‘rnatishga, almashtirishga va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga autsorsing xizmatini jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi to‘g‘risida nizom;
tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish metodologiyasi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi