
2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 18 821 ta yengil avtomobil import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 750 taga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yil davomida O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatdan qiymati 588,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2020 yil bilan solishtirganda 1 348 taga oshgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar