
Italiyaning Ferrari kompaniyasi o‘zining 75 yillik tarixida ilk marotaba yo‘ltanlamas mashinasini chiqardi.
Mashinaga Purosangue nomi berildi, italyan tilidan tarjima qilganda «toza qonli» ma’nosini beradi.

Mashina saloni — to‘rt kishilik. Purosangue dizayni o‘zgacha: to‘rtta eshigi bor, orqa eshiklari teskari tomonga, ya’ni ortga ochiladi. Ferrari o‘rindiqlari isitiladigan, qolaversa, kompaniya tarixidagi eng katta yukxonaga yuga.


Avtomobilning 12 silindrli dvigateli 725 ot kuchiga ega — Ferrari 812 Superfast superkariniki bilan bir xil. Motor sig‘imi — 6,5 litr. Uzatmalar qutisi ort o‘qqa o‘rnatilgan. Bu 3,3 soniyada — 100 km/soat, 10,2 soniyada — 200 km/soat tezlanish olish imkoniyatini yaratadi.
Yangi Ferrari 2023 yil bahoridan sotuvda paydo bo‘ladi. Narxi 390 ming yevrodan boshlanadi.