O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Qirg‘iziston elchisi Muso Jamanbayev bilan uchrashuvida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim hamda Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, tomonlar shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan O‘zbek - Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini muhokama qildilar. Jamg‘arma mablag‘larini jalb qilgan holda Qirg‘izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda qirg‘iz kapitali asosida 291 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi